Jahon kinosining tirik afsonasi, Gonkonglik aktyor va rejissyor Jeki Chan xavfli sahnalarni o‘zi bajarishdan voz kechadigan vaqt haqida gapirdi. 71 yoshli aktyor shunday dedi:“Men har doim barcha murakkab tryuklarni o‘zim bajarganman. Bu meni tomoshabinga yanada chinakam ko‘rsatadi. Nafaqaga chiqqunga qadar bu ishni davom ettiraman. Ammo men nafaqaga chiqmoqchi emasman.”