“Goal” nashri tomonidan e’lon qilingan “Oltin to‘p” mukofoti uchun nomzodlarning yangilangan reytingida yetakchi o‘zgardi. Parijning “PSJ” klubi hujumchisi Usmon Dembele birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Uning ortidan “Barselona”ning 17 yoshli iqtidorli futbolchisi Lamin Yamal va yana bir “Barselona” vakili Rafinya Dias joylashgan.