Kulgu, jangarilik va fantastikani o'zida birlashtirgan film - Venom franshizasining 3 qismi. Slogan esa "So'nggi raqs". Omadsiz jurnalist Eddi Brok va uning tanasiga kirib olgan simbiot Venom haqidagi film uchun bu gal 110 million dollar ajratilgan.Ijodiy guruh ham begona emas. Oldingi qismlar senariy muallifi bu safar bosh rol ijrochisi Tom Hardyning o'zi bilan birga qahramon hayotini hal qilishga kirishgan. Sizga tanish "Kruella" filmi senariysini yozgan Kelli Marselga bu safar rejjiserlikni ham ishonib topshirishdi. Ko'ramiz u qanchalik eplaydi, sababi bu uning rejjisyorlik bo'yicha debyut ishi.2018-yil Tom Hardy venomning 3qismi bosh roli uchun kontrakt imzolaganini e'lon qilgandi.Shunday qilib 2 qism ham reytinglarda yomon o'rinlarni egallamadi.Ijodiy jamoa filmining 2-qismi dunyo ekranlarini yuzini ko'rgach, 2021-yilning o'zidayoq 3-qismni shakllantirishga kirishishganSyujetga keladigan bo'lsak, Marvel va Columbiya pictures ishlab chiqaruvchi kompaniyalari faqatgina treyler, kino oblojka va Eddi Brok va Venom ikkisining dunyodagilari yani insoniyat va simbiotlar tomonidan qidiruvga tushishi haqidagina muxlislarga xabar berishgan xolos.Treylerning ba'zi qismida o'rgimchak odamga ko'zimiz tushadi. Yana ayrim sahnalar bor, ularga izohimiz yo'q. Ushbu sahnalar faqat oldingilari kabi treyler, shov-shuv bo'lishi uchungina suratga olingan bo'lish ehtimoli ham kam emas.2024-yilning 25-oktyabri yoki 8-noyabrida premyerasi kutilyotgan Venom 3 filmini kutib qolamiz