“Garfildning kinodagi sarguzashti” - Jim Devisning “Garfild” va “Garfild va uning do`stlari” nomdagi komikslari asosida rejissyor Mark Dindalning, shuningdek Devid Reynolds, Pol A. Kaplan va Mark Torgrouv ssenariylari asosida, prodyuserlar Jon Koen, Namit Malhotra va Stiven P. Vegner, hamda Columbia Pictures va Alcon Entertainment kompaniyalari DNEG Animation bilan hamkorligida ilk animatsion loyihani birgalikda yaratishdi va Sony Pictures Releasing kompaniyasi esa, komediya, oilaviy, sarguzasht va kompyuter animatsion janridagi bu filmni (Xitoy Xalq Respublikasi)dan tashqari butun dunyoga tarqatish huquqini qo`lga kiritgan edi. “Garfildning kinodagi sarguzashti”dagi qahramonimiz-Dunyoga mashhur, dushanbadan nafratlanadigan, yalqov, semiz, kinoyaga boy, Lazanya taomini yaxshi ko`radigan uy mushugi Garfild haqida bo`lib, u uzoq vaqtdan beri yo`qolgan otasi Vik hiyobondagi qari mushuk bilan kutilmaganda uchrashib qoladi va uning hayoti tubdan o`zgarib ketadi. Garfild va uning Odi ismli it do`sti bilan o`zlarining shahona uy hayotini tark etishga, Vik otasi bilan birgalikda juda xavfli talonchilikka qo`shilishga va quvnoq sarguzashtni boshidan kechirishga majbur bo`lishadi. Animatsion filmdagi bosh qahramon rolining asl ovozini ijro qilish esa, kino va televideniya, hamda dublyaj aktyori Kris Pratga 2021-yilning 1-noyabrida topshirilgan edi. U shuningdek, 2023-yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri bo`lgan “Super Mario aka-uka” filmidagi Mario qahramoniga mohirona tarzda ovozlashtirgan edi. “Garfild filmi” uchun ssenaristlar mahsus Vik personajini kiritishdi va unga mashhur Samuel L. Jekson ovoz bergan. Filmda Garfild va Vik bilan yana 13 ta asosiy Golivud kinosining dunyoga mashhur dublyaj aktyorlari ishtirok etishgan va ular: Jinks-Hanna Ueddingham, Odi-Harviy Gil`en, Jon Arbakle-Nikolas Holt, Otto-Ving Reyms, Nolan-Boven Yang, Roland-Bret Goldsteyn, Snup mushuk-Snup Dog va boshqa aktyorlar ovozlashtirishda ishtirok etishgan. “Garfildning kinodagi sarguzashti”ning dunyo bo`lab ilk Prem`yerasi 2024-yilning 1 mayidan boshlandi va 17 ta davlatda namoyishi bo`lib o`tgan va hali 23 ta davlatda namoyishi kutilmoqda. O`zbekistondagi kinoteatrlarda esa, 23-maydan. Yosh toifasi bo`yicha reytingi-PG, IMDb bo`yicha reytingi-6.0/10 (2.3K). Film vaqti-1soat 41 daqiqa.