Marvel studiyasi yangi yirik loyihasi — “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” (Avengers: Doomsday) bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni taqdim etdi. THR’ning yozishicha, filmda Deadpool (Rayan Reynolds) albatta paydo bo‘ladi, biroq u Qasoskorlar jamoasiga qo‘shilmaydi va alohida syujet chizig‘iga ega bo‘ladi.