Barcha yangiliklar

Ben Kingsli va Anjelina Joli O‘zbekiston olimlari haqidagi hujjatli filmda

Ben Kingsli va Anjelina Joli O‘zbekiston olimlari haqidagi hujjatli filmda

O‘zbekistonda tayyorlanayotgan yangi hujjatli loyihaga Gollivudning mashhur aktyorlari jalb etilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi ma’lum qilishicha, “Oskar” mukofoti sohibi Ben Kingsli O‘zbekiston tarixidagi buyuk allomalar haqida tayyorlanayotgan filmlar uchun ovoz berishga rozi bo‘lgan.


Ben Kingsli keng jamoatchilikka “Shindler ro‘yxati”, “Tabib: Ibn Sino shogirdi” va “Fors shahzodasi” kabi filmlardagi rollari orqali tanish. U mazkur loyihada allomalar hayoti va ilmiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etishda ishtirok etadi.


Shuningdek, markaz vakillari loyihaga yana bir nechta jahon yulduzlarini ham jalb etish niyatida. Ular orasida Anjelina Joli, Denzel Vashington, Burak O‘zchivit, Mel Gibson va Morgan Friman kabi mashhur aktyorlar bor.


Bu tashabbus O‘zbekiston ilm-fani, tarixiy shaxslari va madaniy merosini dunyo miqyosida tanitish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.