29-iyun kuni Oʼzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida rejissyor Аbbos Аbdullaevning kriminal-drama janridagi «Tanlov» badiiy filmi premyera qilindi.Film syujeti ayni bugungi zamon talabiga mos mavzu asosida yaratilgan. Ya’ni, kinodan asosiy maqsad fuqarolarni turli xil kiberjinoyatchilar tuzogʼiga tushib qolishdan ogohlantirish va yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdir.Film yaxshigina reyting to’plashi aniq. Sababi, unda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar Bekzod Muhammadkarimov va Raʼno Zokirova hamda Sitora Аlimjanova, Mirolim Qilichev, Rayhon Аsadova, Аbbos Аbdullaev, Аbror Yuldashev, Davron Kalbaev, Laylo Sharipova va Merdan Matveliev kabi xalq sevgan va taniqli aktyorlar rol ijro etishgan. Yaqin kunda, TVCOM’da bundanda yangilari bilan bo’lishamiz!