Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «House» («Uy») badiiy filmi 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan yaqin kunlarda maxsus premyera qilinishi kutilmoqda.Filmda oʼgʼlining qotilini qidirayotgan qishloqlik ayol qismati haqida hikoya qilinadi. Unda yoshlar orasida keng tarqalgan xavfli chellenjdan beva ayolning yolgʼiz oʼgʼli vafot etadi. Oʼgʼlining ishiga hech qanday jinoiy ish ochilmaganidan alamzada ona uning qotili gavjum shaharda yashiringaniga ishonib, qaygʼu va qasos olish istagida shovqinli metropolga yoʼl oladi.Ssenariy mualliflari Shohjahon Subhonov va Husnullo Jamonqulov, postanovkachi rejissyor Jamshid Narziqulov, postanovkachi operator Otabek Saidov. Filmda Mohichehra Islomova, Imona Gʼayratova, Otabek Sadirov, Xonzoda Doʼstova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro etgan.