Murakkab syujetli va chuqur ma’noga ega filmlar soni ortar ekan, ularning mazmunini sun’iy intellektdan so‘rab tushuntirish holatlari ham keskin ko‘paymoqda. “Yandeks” kompaniyasi foydalanuvchilar “Alisa AI”ga yo‘llagan murojaatlarni tahlil qilib, tomoshabinlar eng ko‘p izoh talab qilgan filmlar reytingini taqdim etdi.Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarida Georgiy Daneliyaning “Kin-dza-dza” filmi va Devid Fincherning “Jang klubi” kartinasi turadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, aynan shu ikki film yuzlab savollar bilan eng ko‘p murojaat qilingan asarlar sirasiga kiradi.“Kin-dza-dza” tashqi ko‘rinishda oddiy fantastik syujetga ega bo‘lsa-da, unda totalitarizm, ijtimoiy tabaqalanish va jamiyat inqirozi haqida kuchli metaforalar mavjud.“Jang klubi” esa iste’molchilik jamiyati tanqidi, shaxsiyatning ikki qismga ajralishi va psixologik mojarolar tufayli chuqur tahlilni talab qiladi.Ro‘yxatda shuningdek “Matritsa”, “Interstellar”, “La’natlanganlar oroli”, “Amerikalik psixopat”, “Chakning hayoti” va Stiven King asari asosida olingan “Substansiya” filmlari ham bor. Ayniqsa, “Interstellar” atrofidagi savollar nihoyatda ko‘p — film Nobel mukofoti sohibi Kip Tornning ilmiy izlanishlariga asoslangan bo‘lib, vaqtning nisbiyligi, kosmik tuynuklar va insoniyatning kelajakdagi omon qolishi kabi murakkab masalalarni ko‘taradi.Bu kabi filmlarning ommalashuvi shuni ko‘rsatadiki, bugungi tomoshabin faqat ko‘rish emas, balki filmni to‘g‘ri anglash, syujet falsafasini tahlil qilishni ham xohlaydi. Shu sababli sun’iy intellekt murakkab kino asarlarini tushuntirishda eng qulay vositalardan biriga aylandi.