A24 kinostudiyasi yangi “The Drama” filmi uchun birinchi rasmiy posterni e’lon qildi. Bosh rollarni Zendaya va Robert Pattinson ijro etishmoqda.Film rejissyori va ssenariy muallifi — Kristoffer Borgli, ilgari “Dream Scenario” kinolari bilan tanilgan. Film tarkibida Alana Haim, Mamoudou Athie va Hailey Gates ham bor.Hozircha syujet tafsilotlari oshkor qilinmagan, lekin ma’lumotlarga ko‘ra, hikoya nikoh oldidan sevgi munosabatlariga ega bo‘lgan juftlik haqida bo‘ladi, ularning munosabatlari kutilmagan va dramatik burilish oladi.Premyera 2026‑yil 3‑aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Agar rejissura va aktyorlik darajasi yuqori bo‘lsa, film 2026‑yilning eng esda qolarli va ommabop loyihalaridan biriga aylanadi.