Britaniyalik aktyor Stiven Grem “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritganidan atigi bir necha soat o‘tib haykalchani yo‘qotib qo‘ydi.Aktyor “O‘tish davri” (The Transition) mini-serialidagi kuchli ijrosi uchun “Telefilm yoki mini-serialdagi eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Gremning aytishicha, taqdirlash marosimidan so‘ng u zudlik bilan Los-Anjelesdan Madridga uchib ketishi kerak bo‘lgan.