Bred Pitt bosh rolni ijro etgan sport dramasi “F1” filmining davomi rasman ishlab chiqilayotgani tasdiqlandi.Bu haqda loyiha prodyuseri Jerri Brukxaymer BBC nashriga bergan intervyusida, “Oskar” mukofoti munosabati bilan o‘tkazilgan kechki tadbirda ma’lum qildi. Uning aytishicha, film katta muvaffaqiyat qozonganidan so‘ng studiya ikkinchi qism ustida ishlashga qaror qilgan.