Harbiy drama “Greyhound” filmining davomi rasman suratga olinmoqda. Ikkinchi qismda ham bosh rolni yana Tom Henks ijro etadi.Davomiy filmda birinchi qism aktyorlari — Stiven Grem va Elizabet Shu o‘z obrazlariga qaytadi. Shuningdek, aktyorlar tarkibiga “Robin Gud” loyihasi orqali tanilgan Jek Patten ham qo‘shildi.