2026-yilning 27-fevral kuni xalqaro prokatga chiqadigan “Qichqiriq 7” horror-franshizaning eng murakkab va mojarolarga boy qismi bo‘lishi kutilmoqda. Film atrofidagi shov-shuvlar yangi posterlar e’lon qilinishi bilan yana avj oldi.Bu safar voqealar markazida yana Sidni Preskott turadi. U o‘tmishdagi dahshatlarni ortda qoldirgandek edi, ammo Ghostface (Arvoh yuz) qayta paydo bo‘lib, endi uning qizi — Tatum Evansni nishonga oladi. Qiz Sidnining birinchi filmda halok bo‘lgan dugonasi sharafiga nomlangan.