Film o‘zbek boksini butun dunyoga tarannum etgan, Olimpiada va nufuzli xalqaro turnirlarda bayrog‘imizni qayta-qayta baland ko‘tarib, dunyoning eng zo‘ri bo‘la olishimizni isbotlagan mard yosh sportchilarimiz, xususan Bahodir Jalolov va ularning fidoyi murabbiylariga bag‘ishlangan.Filmda sportchilarimizni g‘alaba sari yetaklagan barcha mashaqqatli yo‘l ko‘rsatiladi.Sportchilarimiz va ularning murabbiylari har qanday qiyinchilik, mashaqqat, intrigalarga qaramay, o‘z g‘alabasi sari borganliklari, bu nafaqat ringda, balki undan tashqarida ham – adolat, haqiqat, sha’ni va qadr-qimmati g‘alabasi, Vatan, O‘zbekiston uchun kurashda ham aks etganligini film ochib bergan. Oddiy oilada tug’ilib o’sgan Surxondaryolik Bahodir Jalolov obrazini taniqli aktyor Ulug’bek Qodirov gavdalantirdi. Bundan tashqari Boyir Xolmirzayev, Saida Rametova, Javohir Zokirov va boshqa o’zbek aktyorlari ishtirok etgan bo’lsa, chet ellik aktyorlar ham ushbu film uchun jalb etilgan. Xususan, Filip Reynxardt, Igor Jijikin, Osamu Yamamoto, Aleksand Rapoport, Richard Lee Uilson, Masaya Kato. Film O’zbekistonning Surxondaryo viloyati, Rossiya, AQSH va Yaponiyalarda suratga olingan. Film premyerasi esa shu yilning Sentyabr oyiga rejalashtirilgan.