Gollivud yana afsonaga murojaat qilmoqda. Aktrisa Lili Kollinz yaqinlashib kelayotgan yangi bayopikda Odri Hepbern obrazini gavdalantiradi. Film 1961-yilda suratga olingan va Hepbernni moda hamda kino tarixidagi eng yirik ikonaga aylantirgan “Tiffanida nonushta” (Breakfast at Tiffany’s) kartinasi yaratilishi haqida hikoya qiladi.Loyihani mashhur rejissor Luka Guadanyino (“Call Me by Your Name”, “Challengers”) suratga oladi. Uning estetik uslubi va vizual didi moda, elegant va 1960-yillar atmosferasini jonlantirish uchun ayni muddao sifatida ko‘rilmoqda.So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Lili Kollinzning Odri Hepbern qiyofasidagi suratlari keng tarqaldi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, bu kadrlar bayopikdan emas. Ular 2023-yilda britan nashri Harper’s Bazaar uchun o‘tkazilgan fotosessiya hamda “Emili Parijda” serialidagi epizodlardan olingan.Yangi film Hepbernning “Tiffanida nonushta” orqali qanday qilib Gollivudning asosiy moda ramziga aylangani, obrazning yaratilish jarayoni va uning kino hamda stil tarixiga ta’siri haqida hikoya qiladi. Lili Kollinzning tanlanishi esa muxlislar orasida allaqachon katta qiziqish uyg‘otgan.