Disney muxlislari uchun nostalgik sovg‘a tayyorladi. Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Mayli Sayrus yana o‘zining afsonaviy qahramoni — Hanna Montana obraziga qaytdi. Bu safar u mashhur serialning 20 yilligiga bag‘ishlangan maxsus epizod uchun suratga olingan tizerda paydo bo‘ldi.Maxsus loyiha doirasida tomoshabinlar Mayli Sayrus bilan eksklyuziv intervyu, shuningdek, serial suratga olish jarayonidan ilgari hech qachon e’lon qilinmagan videolarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.