Hey, kino ixlosmandlari! "Ustasi faranglar 3" filmiga oz qoldi va bu sizni yana bir bor ekranga mixlashi tayin.Rejissyor Ruben Flyaysher boshchiligida yaratilgan ushbu filmda biz yana bir bor The Four Horsemen jamoasini ko'ramiz. Jesse Eisenberg, Woody Harrelson, Morgan Freeman, Mark Ruffalo, Isla Fisher va Dave Franco o'z rollariga qaytadilar. Ushbu filmda yangi qahramonlar ham paydo bo'ladi. Rosamund Pike, Justice Smith va Ariana Greenblatt filmga qo'shilgan. Rosamund Pike bu safar filmda asosiy rollardan birini ijro etadi, lekin uning roli hozircha sir saqlanmoqda. Justice Smith va Ariana Greenblatt ham qiziqarli obrazlar bilan paydo bo'ladilar."Ustasi faranglar" seriyasining birinchi va ikkinchi qismlari katta muvaffaqiyat qozongan. 2013-yilda birinchi qism $350 million yig'gan bo'lsa, 2016-yilda chiqqan ikkinchi qism $334 million daromad keltirdi. Endi esa, uchinchi qism uchun katta sarmoya - $120 million ajratilgan. Bu filmda ko'rishimiz kutilayotgan ajoyib vizual effektlar va aqlli hiylalar tomoshabinlarni hayratda qoldiradi.Syujet hozircha sir saqlanmoqda, lekin bizni yanada murakkab va xavfli fokuslar kutmoqda. The Four Horsemen jamoasi yana global xavf bilan yuzlashadi va dunyoni qutqarish uchun birlashadi.Film premyerasi esa 2025-yilning 14-noyabriga belgilangan!"Ustasi faranglar 3" filmi TVCOM’da birinchilardan bo’lib tomosha qilingKinoni yaxshi ko'rsangiz, like bosing va do'stlaringiz bilan bo'lishing! 🎩🔮