Tarmoqda nihoyat kutilayotgan «HAYOT MAMOT O'YINLARI: O'RIM-YIG'IM TONGI» prikvelining to'liq ikkinchi treyleri paydo bo'ldi. Ushbu rolik muxlislar o'rtasida darhol qizg'in muhokamalarga sabab bo'lib, Panem tarixidagi eng shafqatsiz epizodlardan biriga bo'lgan qiziqishni yanada oshirdi.