Muxlislar Stiven Naytdan so'rashadi, “ikkinchi jahon urushi oxirgi mavsumda ko'rsatiladimi?” Urush har doim Shelbilar oilasi syujetida katta rol o'ynagan, Shelbilarning barcha erkaklari vaqti-vaqti bilan Birinchi Jahon urushi dahshatlariga qaytishgan. Misol uchun, Tommi Shelbi (Cillian Merfi o'ynagan) 1929 yilda Wall Street halokatidan keyin o'zining ichki kechinmalari bilan kurashdi. Film shuningdek, Britaniyada fashizmning kuchayishi bilan bog'liq bo'lib, asosiy figura Osvald Mosli (Sem Klaflin) edi.Oltinchi mavsum 1934-yilda boshini tasvirlagan. Vaqt Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga yaqinlashar ekan, serialda ishtirok etganlar asosiy voqeani yoritish istagini bildiradilar.Yaqinda Reddit’da Stiven Nayt va Cillian Merfi bilan bo'lib o'tgan "Mendan biror narsa so'rang" sessiyasida ikkalasi ham muxlislarga buni tasdiqladilar. Tomoshabinning kelajakda qanday tarixiy voqealar sodir bo‘lishini ko‘proq istashlarini so‘raganida, Nayt “Ikkinchi jahon urushi” deb javob berdi. Merfi ham buni tasdiqladi va qo'shimcha qildi: "Ikkinchi Jahon urushining boshlanishiga sabab bo’lgan hamda unga olib kelgan voqealar".Serial yaratuvchisi Stiven Nayt tez-tez shouga kim qo'shilishi haqida gapirib, serialning qanday tugashini istayotganini ochib berdi. U shunday tushuntirdi: “Men syujet nuqtai nazaridan boshi, o‘rtasi va oxirini o’ylab chiqqanman, lekin voqealarning aniq rejasi haqida hech o‘ylamaganman. Bizning asosiy manzilimiz - hamma narsaning oxiri, bu Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi. Va men bu qanday sahna bo'lishini bilaman, qanday yakunlanishini bilaman."U, shuningdek, Radio Timesga serialni Birmingemga havo hujumlari bilan tugatishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu yettinchi mavsum oxirida sodir bo'lishi kutilmoqda.Kriminal, tarixiy va drama yo’nalishlarini qamrab olgan 6 ta seriyadan iborat premyera esa 2025-yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan.