Paramount studiyasi uzoq kutilgan yangilikni rasman e’lon qildi — Top Gun 3 ishlanmoqda. Bu haqda kompaniya CinemaCon taqdimoti davomida ma’lum qildi. Yangi filmda yana bir bor Gollivud yulduzi Tom Kruz afsonaviy uchuvchi Pit “Maverick” Mitchell roliga qaytadi. Loyihaning prodyuseri sifatida esa avvalgi filmlarda ham ishlagan mashhur kinoijodkor Jerri Brukhaymer yana ishtirok etadi.