Marvel Studios mashhur “Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) filmini takroriy prokatga qaytarmoqda. Biroq bu safar tomoshabinlarni shunchaki eski film emas, balki yangi sahnalar qo‘shilgan maxsus versiya kutmoqda. Eng qiziq tomoni — ushbu qo‘shimcha epizodlar kelajakdagi “Doktor Dum” hikoyasi bilan bevosita bog‘lanadi.