Ehtiyot bo’ling spoyler!"Uddalab bo'lmas topshiriq" filmi bosh qahramoni Tom Kruz 11-avgust kuni Parijdagi XXXIII Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimida qatnashadi.Mish-mishlarga qaraganda aktyor "Stade de France" stadioni tomidan parashut bilan maydonga sakraydi va tomoshabinlarga qisqa rolik taqdim etiladi.Unda Tom Kruz Olimpiya bayrogʻi bilan Parijdan Los-Anjelesga uchib ketayotgani aks ettiriladi. Bu 2028-yilgi Olimpiya o'yinlari AQShda bo'lib o'tishiga ishora.Esingizda bo’lsa, 2012-yil Londondagi Olimpiya o’yinlari marosimlarida Agent 007 obrazidagi Deniel Kreyg va qirolicha Elizabet II chiqish qilishgandi.