“Muhtasham yuz yil” serialining unutilmas juftligi — Halit Ergench va Meryem Uzerli qariyb 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana bir loyihada uchrashdi. Aktyorlar “İmroz’da Bahar” nomli yangi turk filmida bosh rollarni ijro etmoqda.“Muhtasham yuz yil”da Sulton Sulaymon va Hurram Sulton obrazlari bilan butun dunyoda mashhurlikka erishgan aktyorlarning qayta birga rol o‘ynashi haqidagi xabar dastlab ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otgan edi. Endi esa bu shunchaki mish-mish emas: filmning suratga olish ishlari Gökçeada — tarixiy nomi Imroz orolida yakunlangan.