Mashhur “Naruto” mangasining katta ekran uchun tayyorlanayotgan kinoadaptatsiyasida Kakashi Hatake rolini kim ijro etishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. “Riverdale” va “Beef” seriallari yulduzi Charlz Melton mashhur ninja obrazini gavdalantirish uchun yakuniy muzokaralarni olib bormoqda.The Hollywood Reporter ma’lumotiga ko‘ra, agar kelishuv muvaffaqiyatli yakunlansa, Melton filmning rasman e’lon qilingan ilk yirik aktyorlaridan biriga aylanadi. Lionsgate hozircha kasting yuzasidan rasmiy izoh bermagan.Kakashi Hatake “Naruto” olamining eng mashhur qahramonlaridan biri. U Naruto Uzumaki, Sasuke Uchiha va Sakura Harunodan iborat 7-jamoaning ustozi bo‘lib, o‘zining niqobi, Sharingan ko‘zi va sirli o‘tmishi bilan tanilgan.