Aktyor Gari Oldman Jeyms Bond franshizasining kelajagi haqida qiziqarli ma’lumot bilan bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi agent 007 rolini kim ijro etishi masalasi allaqachon hal qilingan bo‘lishi mumkin, biroq prodyuserlar aktyorning ismini hozircha sir saqlamoqda.