Disney’ning 1997-yilda chiqarilgan “Gerkules” multfilmida Megaraga ovoz bergan aktrisa Syuzan Igan bo‘lajak kinoadaptatsiyada bosh qahramonlarni kim ijro etishini istashi haqida gapirdi.Iganning fikricha, Gerkules va Megara rollari uchun eng yaxshi juftlik — Tom Holland va Zendaya. Aktrisa ayniqsa Zendayani Meg obrazida ko‘rishni anchadan beri xohlashini aytgan. Uning fikricha, Zendayaning kuchli xarakteri, ovozi va o‘ziga xos xarizmasi Megara obraziga juda mos keladi.