2024-yil 20-dekabr kuni katta ekranlarga chiqadigan ushbu kutilgan davomi muxlislar va yangi tomoshabinlar uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ladi.Birinchi ikki filmning ulkan muvaffaqiyatidan so‘ng, “Sonik 3” sizning sevimli qahramonlaringizni qaytaradi va yana bir qator qiziqarli yangi obrazlarni tanishtiradi. Idris Elba Knucklesning ovozini yana ijro etadi va Sonic (Ben Shvarts ovozi) hamda Tails (Kolleen O'Shonessi ovozi) bilan birga Dr. Robotnikning (Jim Kerry ijrosida) navbatdagi makkor rejasini to‘xtatishga harakat qiladi. Tizerlarga qaraganda, filmda Shadow the Hedgehog kabi sevimli qahramonlar ham paydo bo‘lishi kutilmoqda, bu esa filmni yanada hayajonli qiladi.Filmning byudjeti 120 million dollarni tashkil qiladi, bu esa maxsus effektlar va vizual jihatdan yuqori darajadagi sarguzashtlar bilan boyitilganini anglatadi. Filmning rejissyori Jeff Fowler bo‘lib, u avvalgi ikkita filmning ham rejissyori sifatida tanilgan. Senariy esa Pat Keysi va Josh Miller tomonidan yozilgan, ular Sonik olamini yaratishda o‘z mahoratlarini namoyish qilishda davom etishmoqda.Bilasizmi, 2020-yilda chiqarilgan birinchi “Sonik” filmi AQShda barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan video o‘yin adaptatsiyasiga aylangan edi? Hazil, jang va nostalgiya uyg‘unligi tomoshabinlarni maftun qilishda davom etmoqda va “Sonik 3” yanada ajoyib maxsus effektlar hamda yurakni to‘lqinlantiruvchi jangovar sahnalar bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirishni maqsad qilgan.20-dekabr sanasi yaqinlashib kelar ekan, “Sonik 3” atrofidagi shov-shuv tobora oshib bormoqda. Sonik yana dunyoni qutqaradimi? Buni bilish uchun albatta filmni tomosha qiling!Kinoning avvalgi qismlarini esa TVCOM ilovasida tomosha qiling!