Qonun himoyachisi Zorroning yangi talqini rejissyor Robert Rodriges tomonidan yaratilmoqda! Bu safar Zorro o'zining afsonaviy qilichi bilan Texas**ning **Ostin shahrida adolat o'rnatadi. Ammo eng hayratlanarlisi — bu safar Zorro rolini ayol ijro etadi! Ha, to'g'ri eshitdingiz! Filmdagi Zorro kuchli, jasur va sirli ayol obrazida namoyon bo'ladi! Bosh qahramon kim bo’lishi esa haligacha sir bo'lib turibdi. 🔥Filmning ssenariysi Rebekka Rodriges va Jon Lavigne qalamiga mansub. Ular tomoshabinlarni syujet chiziqlari va jang sahnalari bilan hayratda qoldirishni va’da qilishmoqda. Antonio Banderas va Alen Delon kabi mashhur aktyorlarning oldingi talqinlari haqida ham gap ketmay qolmaydi, albatta. Lekin bu safar qahramonimiz boshqacha bo’ladi! Premyera esa shu yilning oxirida kutilyapti. 🎥 Zorro yana adolatni tiklashga qaytyapti!