Bu rejissyor oldin "Qotillik xotiralari" va "Parazitlar" filmlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirgan bo‘lsa, bu safar yanada chuqurroq va kutilmagan hikoya bilan qaytmoqda. 🎬Filmning bosh qahramoni – Mikki, muz bilan qoplangan xavfli sayyorani o‘rganish uchun yuborilgan yolg‘iz ishchi. Ammo bu yerda hamma narsa oddiy emas: Mikki har safar halok bo‘lganda, uning tanasi qayta tiklanadi va u yana ishini davom ettiradi. Har bir o‘lim — bu yangi imkoniyat, lekin bir vaqt kelib, Mikki bu abadiy davrdan chiqib ketishga urinadi. Omon qolish oson bo‘lmaydi, chunki sayyora ham o‘ziga yarasha sirli xavflarga to‘la. ❄️Robert Pattinson, Stiven Yon, Mark Ruffalo va Toni Kollet kabi mashhur aktyorlar filmda muhim rollarni ijro etishgan. Ularning obrazlari va filmning fantastik dunyosi tomoshabinlarni ko‘p o‘ylantiradigan va hayajonlantiradigan lahzalarga boy bo‘lishi shubhasiz. Dastlab, "Mikki 17" 2024 yil boshida premyera qilinishi kerak edi, ammo film yanada mukammallashtirilishi uchun uni 2025 yil 31 yanvarga ko‘chirishdi. Bu esa kutishlar qanchalik katta ekanini anglatadi. Pon Jun-Xoning rejissyorlik san’ati va aktyorlarning mahorati bilan bu film, albatta, yodingizda qoladigan asarga aylanadi. 🌌