Hayajonli yangilik! Sevimli qahramonlarimiz Judi Xopps va Nik Uayld yana katta ekranga qaytadi va bu safar ularni o‘zlarining eng xavfli sarguzashtlari kutmoqda! “Zootopia 2” ning ikkinchi qismi ustida avvalgi filmdan tanish bo‘lgan Bayron Xovard va Jared Bush ishlashmoqda. Buning o‘zi syujetning ajoyibligini va grafik jihatdan mukammallikni kafolatlaydi.Yodingizdami, 2016-yilda chiqqan birinchi film butun dunyo bo‘ylab 1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan va Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan edi! Endi esa, mashhur Jinnifer Gudvin va Jeyson Beytman ovoz berayotgan personajlar yana shov-shuvli sarguzashtlarga sho‘ng‘iydi. Bu safar ular eng murakkab va xavfli ishni ochishlari kerak bo‘ladi.Barchasini katta ekranda 2025-yil 26-noyabrda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi! “Zootopia 2” filmida yangi sirlarga va dahshatli jumboqlarga tayyor bo‘ling. Sizni yangi burilishlar, jamoa ishidagi kuchli hamkorlik va yanada o‘tkir yumor kutmoqda. Bu safar ular shaharning kelajagini saqlab qola oladimi?Tayyor bo‘ling — bu sarguzasht uzoq vaqt yodingizda qoladi!