Bu safar Spartaliklar afsonasining boshlanishini o’rganishimizga tayyor bo’ling! Rejissor Zak Snayder sevimli epik olamiga qaytmoqda va “300 Spartalik” filmining prikveli ustida ishlamoqda. Bu yil boshida Spartaliklar haqidagi yangi serial haqida gap-so’zlar paydo bo’lgan edi, endi esa Snayderning o’zi bu loyiha ustida ishlayotganini rasman tasdiqladi!Serial syujeti haqida ma’lumotlar hanuz sir bo‘lib turgan bo‘lsa-da, mish-mishlarga ko‘ra, voqealar Spartaliklarning Kserksga qarshi yurishidan avvalgi davrni yoritadi. Shuningdek, biz buyuk jangchi va yetakchi sifatida Shoh Leonid qanday obro‘ qozonganini ko’ramiz. Spartaliklar tarixidagi bu yangi qism shubhasiz katta janglar, epik voqealar va qahramonlikning yangi cho‘qqilari bilan to‘lib toshgan bo‘ladi.Ayni paytda serial hali ishlab chiqish jarayonida, ammo biz Spartaliklar olamining yana bir ajoyib sayohatiga tayyorlanishimiz mumkin! Snayder epik janglar va o‘tkir dramatik sahnalar bilan yana ko‘pchilikning diqqatini tortishi aniq.O’zingizni tayyorlang, bu safar Spartaliklar tarixini ko‘rish sizga haqiqiy sarguzasht bo‘ladi!