Filmning bosh rollariga Lili Jeyms va Pirs Brosnan tasdiqlandi.Dastlab, film “Alpinist”ning davomiy qismi sifatida rejalashtirilgan va uni Rik Roman Vo (“Grenlandiya”) suratga olishi kerak edi. Ammo g’oya qayta ko’rib chiqilib, film endi “Qattiq yong’oq” ruhidagi jangari bo’lib, asosiy qahramonlar – keksa alpinist va uning voyaga yetgan qizi atrofida bo’ladi.Hikoya markazida alpinist Rey Kuper va uning qizi Sidni bor. Ular Dolomit Alp tog’laridagi yuqori darajadagi dam olish bazasida ishlashadi. Bir kuni ular milliarderning o’g’li uchun eksklyuziv tur tashkil qilishadi, lekin shu paytda yigitni garovga olishmoqchi bo’lgan yovuz jinoyatchilar hujum uyushtirishadi. Sidniga qo’lga tushmaslikka muvaffaq bo’ladi va endi otasini qutqarish uchun barcha kuchini sarflaydi.Endi filmni “Havo Marshali” va “Noma’lum” filmlari bilan tanilgan rejissor Jaume Kolet-Serra suratga olmoqda. Filmning suratga olish ishlari allaqachon boshlangan.Filmning maqsadi faqat ekstremal jangovar sahnalar yaratish emas, balki ota-bola munosabatlarini ham ko’rsatishdir. Ko’plab tomoshabinlar uchun bu film hayajonli va hissiyotlarga boy bo’lishi kutilmoqda, chunki unda inson jasorati, oila qadri va himoya instinktlari kabi mavzular yoritiladi. Lili Jeyms va Pirs Brosnanning kuchli ijrosi esa filmga alohida zavq bag’ishlashi aniq.