Dunyo yetakchilari tomonidan yangragan Yangi yil tabriklari ko‘p yillardan beri milliy birdamlik va ilhom manbai bo‘lib kelmoqda. Masalan, AQSh prezidentining Yangi yilga doir ilk radio tabrigi 1933-yilda Franklin Ruzvelt tomonidan yo‘llangan bo‘lsa, Yaponiyada imperatorning bayram nutqi har yili millionlab fuqarolar tomonidan tinglanadi. Sobiq ittifoqda esa 1976-yilda Leonid Brejnevning televizion chiqishi ilk marta rangli tasvirda efirga uzatilgan edi.O‘zbekistonda ham Prezidentimizning Yangi yil tabrigi xalqimizning yutug‘u va kelajak rejalariga bag‘ishlangan bayramona murojaati sifatida qabul qilinadi. 2023-yilgi tabrikda Prezidentimiz mamlakatimizning ulkan iqtisodiy o‘sishini ta’kidlab, “Bu yilgi muvaffaqiyatlar barchamizning mashaqqatli mehnatimizning natijasidir”, deb xalqimizni ilhomlantirgan edi. Shuningdek, yoshlarning roli va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham alohida e’tirof etilgan.Bu yilgi tabrikda esa mamlakatimizning 2025-yilga oid strategik maqsadlari va ulkan rejalarining e’lon qilinishi kutilmoqda. Ushbu bayram nutqini tomosha qilib, siz Prezidentimizning eng samimiy tilaklarini eshitishingiz va yangi yil uchun ilhom olishingiz mumkin.Prezident tabrigini birinchilardan bo‘lib tomosha qilishni xohlaysizmi? Unda Tvcom ilovasini yuklab oling va dunyo bilan birgalikda bayram kayfiyatini his eting! Tvcom — televideniyadan ham ortiqroq.