Jude Law «Kremllik sehrgar» nomli kitob asosida suratga olinayotgan filmda Vladimir Putin obrazini jonlantirishini tasdiqladi. Ushbu asar siyosat, kuch va shaxsiyatlarning bir-biriga ta’sirini tadqiq qiluvchi badiiy hikoya sifatida tanilgan.Film rejissori — taniqli fransuz kinoijodkori Olivye Assayas. U «Irma Vep», «Karlos» va «Shaxsiy xaridor» kabi filmlari bilan mashhur. Ushbu filmda syujet markazida Vadim Baranov (Pol Dano) turadi — 1990-yillarda kelajakda Rossiya prezidenti bo‘lgan Vladimir Putinning siyosiy maslahatchisi sifatida tanilgan shaxs. Baranovning siyosiy sohada erishgan muvaffaqiyatlari va uning ta’siri atrofida dramatik voqealar rivojlanadi.Filmda boshqa taniqli aktyorlar ham ishtirok etadi, jumladan, Oskar mukofoti sohibasi Alisiya Vikander, komediya aktyori Zak Galifianakis va Tom Starrij.Hozircha filmning aniq chiqish sanasi ma’lum emas, lekin loyiha allaqachon katta qiziqish uyg‘otmoqda. Kino ixlosmandlari ushbu asarni katta ekranlarda kutishmoqda, chunki bu asar zamonaviy tarix va siyosiy o‘yinlarning sirli qirralarini o‘rganib chiqishga va’da bermoqda