Shrek muxlislari uchun yangi xabar: **“Shrek 5”**ning premyerasi yana qoldirildi. Avval film 2026-yil 1-iyulda chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo endi u 2026-yil 23-dekabrda ekran yuzini ko‘radi.Shrek haqida yangi film yaratish g‘oyasi bir necha yil davomida muhokama qilinib kelayotgan edi. DreamWorks Animation ma’lumotlariga ko‘ra, yangi qismda Shrek, Fiona, Eshak va boshqa sevimli qahramonlarning yangi sarguzashtlari tasvirlanadi. Mish-mishlarga ko‘ra, filmda Shrekning oilasi va yangi avlodga oid qiziqarli voqealar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Eddi Merfining Eshak qahramoni yana ko‘p kulgu va hazil bilan qaytadi.“Shrek 5”ni ko‘rish uchun biroz ko‘proq sabr qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo yaxshi yangilik shundaki, 2026-yilning 1-iyulida boshqa kutilgan film — “Minyonlar 3” chiqadi. Ushbu multfilm avval 2027-yil 30-iyun kuni chiqarilishi kerak edi, ammo endi u Shrekning joyini egallaydi.Shrek yana qaytadi, va bu safar yanada qiziqarli sarguzashtlar bilan! Siz filmni intizorlik bilan kutyapsizmi?