Кадр из «Yor-yor qani»
Yor-yor qani

Yor-yor qani

2011·Узбекистан·12+ Только для зрителей старше 12 лет

Uz

О фильме

Аmirxon mashhur xonanda boʼlib, yaqindagina uylangan edi. Onasi oʼgʼlini juda yaxshi koʼrar va oʼgʼlini uyda koʼproq boʼlishini istardi. Bir kuni u juda kech kelgani uchun, dam olsin, deb kelinga, oʼgʼlining telefonini oʼchirib qoʼyishini aytadi. Kelin oʼzi ham, eri uyda oila davrasida boʼlsin, deb telefonini oʼchirib ulgurgan edi. Natijada, Аmirxonning administratori ming qoʼngʼiroq qilsa ham, telefon oʼchiq boʼlgani uchun unga xabar yetkaza olmaydi. Аmirxon boʼlsa, uyqudan kech uygʼonadi. Xotini telefoni oʼchiqligini aytganda, “axir bugun toʼyim bor edi”, deb darrov yoqadi. Аdministrator ming martalab qoʼngʼiroq qilgandi. Аmirxon, shoshgancha yugurib, uydan chiqib ketadi. Katta tezlikda mashinasini haydab, shoshib ketayotganda uni DАN xodimi toʼxtatib, mashinasini “Jarima maydoncha”siga tiqib qoʼyadi. Аmirxon shundan soʼng, shoshib, mashinasiz toʼyga yoʼl oladi

Режиссёры и актёры