
О фильме
Botir toʼy kuni kelin taraf yuborgan kostyum-shimni kiymasdan, oʼz onasi niyat qilib qoʼygan eski rusumdagi kostyum-shimni kiyadi. Ota-onasi uni kelinnikiga duo qilib, kuzatib qolishadi. Lekin, Botir kelinnikiga kirib borganida, kelinchak uni bu kostyum-shimda koʼrib, jahli chiqib ketadi. “Nega men sarpoda yuborgan kostyum-shimni kiymadingiz?” deb, janjal boshlaydi. Botir onasining niyati haqida gapirsa, “Onangiz juda didsiz ayol ekan! Modani tushunmaydi!” deb haqorat qila boshlaydi. Buni eshitib, Botirni jahli chiqib ketadi, ammo oʼzini bosib “Sen meni onamni, oʼzingni boʼlajak qaynonangni haqorat qilyapsan?” desa, kelinchak “Siz hozirdan onangizni mendan ustun qoʼyyapsizmi?” deb, yana ham balanddan keladi. Shunda Botirda gʼurur ustunlik qilib, shartta “Hech qanday toʼy boʼlmaydi! Onamni haqorat qilgan qizga uylanmayman!” deb yuboradi. Toʼy buziladi



