

Aldagani quda yaxshi
2012·O'zbekiston·1 ч 21 мин·16+ Только для зрителей старше 16 лет
Uz
О фильме
Nozim ukasiga, oʼzi Londonda sotib olgan kamerasini sovgʼa qilgan. Ukasi esa, bu kamerada, ota-onasi va akasi Nozimdan oʼzicha intervьyu oladi. Nozim intervьyuda yaxshi oʼqigani uchun Londonga oʼqishga qabul qilinganligini aytib berar ekan, u yerdagi boshidan kechirgan sarguzashtlari va London tufayli, keyinchalik Oʼzbekistonda ham, hayoti qanchalik oʼzgarib ketganligini hikoya qilib beradi. Аslida Nozim biroz yolgʼonchiroq boʼlib, Londonda ham bu odatidan qutila olmagan edi! U Londonda Nigora ismli badavlat xonadonning qizi bilan tanishadi. Nigoraning oldida u ham oʼzini boyvachcha qilib koʼrsatib, unga “dadam millioner, 2 ta restorani bor” deydi. Nigorani sevib qolgani uchun, unga uylanmoqchi boʼlib, uning ota-onasi bilan tanishtirishga, oʼzining ota-onasini oʼzlari yolgʼondan badavlat qilib koʼrsatishga koʼndirib, olib boradi. Nozimning ota-onasi noiloj, uning baxtini uchun, oʼzlarini boʼlgʼusi qudalarga juda badavlat qilib koʼrsatishga majbur boʼlishadi.





