«Istanbul operatsiyasi» filmidan kadr
Istanbul operatsiyasi

2025·O'zbekiston·1 soat 26 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

Komediya Uz4K

Film haqida

Film qahramonlari Aziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Ammo, ular bir-birlariga nafaqat tashqi ko'rinish, balki xarakter taraflama ham mutlaqo o'xshamaydilar. Aziz allaqachon Sitora ismli qizga ko'ngil qo'ygan, unga uylanmoqchi. Lekin, uning otasi Aziz bir ishni boshlab, oxiriga yetkaza olmaganini va omadsiz ekanini aytib, unga qizini berish niyatida emas. Aynan shu vaqtda Rustamning esa, sevikli qizi yo'q va ota-onasi uni tezroq uylantirish harakatida edilar. Aziz Sitoraga erishish uchun, uning otasiga qisqa muddatda o'z oldiga maqsad qo'yib, muvaffaqiyatga erishishga va'da beradi. Rustam esa, kutilmaganda Aziz ofitsiant bo'lib ishlaydigan kafedagi Oydinni sevib qoladi. Ammo, badavlatligi tufayli, qizlardan kuygan Rustam, Oydinga o'zini boy tadbirkor ekanligini bildirishni istamasdi. Shunda Aziz unga yordam bermoqchi bo'ladi. Ammo, Azizning o'zi Sitora otasiga bergan va'dasining ham ustidan chiqishi kerak edi

Rejissyorlar va aktyorlar