

Burch va muhabbat
2016·O'zbekiston·1 soat 29 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Uz
Film haqida
Mayor Sarvar Turgʼunov va uning shogirdi leytenant Doniyor Nodirov tajribali Ichki ishlar xodimlari. Ular oʼz kasbiga juda ham sadoqatli insonlar. Doniyor kasbi tufayli vaqti yetishmay, hattoki toʼyi yaqin boʼlsa ham, oila qurishi kerak boʼlgan qiz Diyora bilan uchrashuvga ham chiqishga vaqt topolmaydi. Ularga navbatdagi ish topshiriladi. Bu vaqtda shahardagi badavlat tadbirkor Ogʼabek akaning uyiga oʼz xodimlaridan biri Boʼri oʼgʼirlikka tushadi, ammo yordamchilaridan birining yordami bilan Ogʼabek aka qutilib qoladi. Shundan soʼng, Ogʼabek akaning balerinalik bilan shugʼullanadigan rafiqasi Oltinoy, uzoq yillardan beri farzand koʼrmaganligining sababchisi aslida eri ekanligini bilib qolib, eri Ogʼabek aka uni aldab, befarzandlikda ayblab kelganligini uning yuziga aytib, undan voz kechadi. Bu esa, Ogʼabek akaning qahrini keltiradi. Oltinoy yoshligida Аsror ismli yigitga koʼngil qoʼygan edi. Аmmo, eridan ajrasa ham, unga qaytmaydi va yolgʼizlikni maʼqul koʼradi.

