

26-aprel
2019·O'zbekiston·26 daqiqa·12+ Faqat 12 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Qisqa metrajli filmlar Uz
Film haqida
Xosiyat opaning eri 1966 yilda 26 aprelь kuni “Toshkent zilzilasi”da halok boʼlgan. Oʼzi “Obodonlashtirish boshqarmasi”da ishlaydi. Oyogʼi oqsoqligiga qaramay, ertalabdan koʼcha supuradi. Аmmo, yolgʼizgina oʼgʼli aroqxoʼr boʼlib, doim u bilan urishadi. Ishidan uyaladi. Аmmo, Xosiyat opa agar pul topmasa yashab boʼlmasligini oʼgʼliga tushuntirishga urinadi. Аroqxoʼrligini, pul topmasligi, hech qaerda ishlamasligi va shuning uchun xotini ham tashlab ketganligini aytib, oʼgʼlini koyiydi. Soʼng, hamkasbi Raʼnoga oʼzining ancha yillardan beri asrab kelayotgan tilla taqinchoqlarini sotmoqchi boʼladi. Аmmo, Raʼno puli yoʼqligi uchun, ularni ololmaydi. Shu kuni sodir boʼlgan bir hodisa, Xosiyat opani oʼgʼlini oʼylantirib qoʼyadi. Аroqxoʼr oʼgʼil insofga kelarmikan? Xosiyat opaning kelgusi taqdiri qanday kechadi?

