«Baxt ortidagi dard» filmidan kadr
Baxt ortidagi dard

Baxt ortidagi dard

2015·O'zbekiston·1 soat 14 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

Uz

Film haqida

Suhrob Shamsiddinov amnistiya bilan qamoqdan chiqib, Toshkentga yoʼl oladi va nima uchun qamalganligini eslaydi. U kursdoshi Gulhayoni sevar, unga sovchi yubormoqchi edi. Аmmo, onasi unga toʼy qilish uchun pul kerakligini aytadi. Otasi esa, soddalik qilib, yiqqan hamma pulini qoʼshnisi Safar akaga qarzga bergandi. Safar aka esa, noinsoflik qilib, otasidan olingan bermay, tonib yurgandi. Suhrob uning uyiga chiqib toʼgʼrilikcha gapirsa, Safar aka qoʼrslik qilib, unga tashlanib qoladi. Suhrob ham, oʼzini himoya qilish uchun, uni itarib yuborganda, Safar aka bexosdan yiqilib, boshi toshga tegib, oʼsha yerning oʼzida vafot etadi. Suhrob, shu tarzda ozodlikdan mahrum etilgan edi. U qamoqdan chiqib, uyga kelayotganda, taksida shularni eslab keladi. Uni Nurali degan taksichi olib kelib qoʼyadi. Yoʼlda u mashinada uxlab qolganida, qolgan yoʼlovchilardan biri, sezdirmay uning hamyonini oʼgʼirlab, mashinadan tushib ketadi.

Rejissyorlar va aktyorlar