

Onaizor
2019·O'zbekiston·1 soat 0 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Uz
Film haqida
Toshkesarning keksa onasi, u va uning ukasi Toshpoʼlatni bevalikda halol mehnat bilan katta qilgan. Toshkesarning oʼzi ham, halol, mehnatkash yigit. Hammaga astoydil yordam qiladi. Hamqishloqlar ham, uni yumshoqkoʼngil ekanligidan foydalanib, doim ogʼir yumushlarni buyuraverishadi. Bechora Toshkesar baʼzida birovga yordam qilib, tuhmatga ham qolib ketadi. Masalan, Sattor tajangni xotini Zubaydaga keksa tegirmonchi aytgani uchun yordam qilib, uni uyiga qopda un olib borgan edi. Ust-boshi un boʼlib ketganiga, ustki kiyimini yechib, qoʼlini yuvib turgani ustiga rashkchi Sattor tajang kelib qolib, uni xotiniga jazman gumon qilib, rosa doʼpposlaydi. Bir safar onaizorning oʼzi qoʼshnining tovugʼini bexosdan oʼldirib qoʼyadi. Soʼyib olib chiqsa, qoʼshni ayol, tovuq pulini toʼlashni talab qilib turib oladi. Onaizor noiloj xuddi shunday tovuq sotib olib, qoʼshniga beradi

