

Gunoh
2017·O'zbekiston·1 soat 32 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Uz
Film haqida
Аzamat Zufarov oʼzining mukammal oʼylangan loyihasi bilan tenderda gʼolib boʼladi. Bu esa, tenderda gʼoliblikni koʼzlab, ancha mablagʼ sarflangan raqiblardan birining alamini keltiradi. Raqib kompaniya vakili nima qilib boʼlmasin, Аzamatni yoʼldan olib tashlashga ahd qiladi. Lekin, oʼsha kuni Аzamatni gʼoliblik quvonchidan tashqari, qaygʼu ham kutib turgan edi. Chunki, shu kuni uning sevgan qizi boshqaga unashtirilganligini aytib, tashlab ketadi. Аzamat oʼychan holda mashinasini haydab, uyga shoshayotganda, bir bolali ayol undan kasalxonaga olib borib qoʼyishini iltimos qiladi. Аzamat ayolning qoʼlidagi bolasiga rahmi kelib, uni kasalxonaga olib borib qoʼyadi. Uyga yetib kelgan Аzamatni oila aʼzolari quvonch bilan kutib olib, uning tenderdagi muvaffaqiyatini nishonlab turishgan vaqtda, xonadonga Ichki ishlar xodimlari tintuvga order bilan kirib kelishadi.

