«Uzilgan rishta» filmidan kadr
Uzilgan rishta

Uzilgan rishta

2019·O'zbekiston·1 soat 30 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

Uz

Film haqida

Yulduz teatr direktorining qizi boʼlib, Yorqin oʼsha teatrda aktyor edi. U qobiliyatli boʼlib, bosh rollarni ijro qilgani uchun teatrdagi hamkasblari, jumladan Fariz unga hasad qila boshlashadi. Yulduz Yorqinni sevishini oʼz ota-onasidan sir tutar edi. Kunlardan bir kuni unga otasi, uni uzatmoqchi ekanligini aytadi. Аmmo, Yulduz bunga qarshilik qiladi. Shunda otasi, hiyla ishlatib u bilan Lazizbek degan homiy uchrashmoqchiligini aytadi. Yulduz esa, bu uchrashuvga Yorqinni ham birga olib boradi. Yorqin uchrashuvga borganda vaziyatni tushunib, qaytib ketmoqchi boʼlganda, Yulduz ham, Lazizbek ham uning ketishiga yoʼl qoʼyishmaydi. Yulduz kimga turmushga chiqadi? Yorqingami yoki otasi aytgan yigitga? Yorqinning taqdiri qanday kechadi?

Rejissyorlar va aktyorlar