«Nafs» filmidan kadr
Nafs

Nafs

2011·O'zbekiston·1 soat 25 daqiqa·12+ Faqat 12 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

Komediya Uz 8.1 7.5

Film haqida

Аbdurahmon togʼda yashaydigan oddiygina choʼpon yigit boʼlib, chiroyli va sadoqatli rafiqasi, kamtarona hayoti bor edi. Аmmo, u televizor koʼrishga juda ham berilgan va soatlab oynai jahon qarshisida oʼtiradi. Ekrandagi hayot uni oʼziga jalb etadi. Fil'mlar, kliplarni jonu dili bilan tamosha qiladi. U televizorda koʼrgan mashhur yulduz Samirga taqlid qila boshlaydi. Bir kuni u televizorda goʼzal bir qizni koʼrib qoladi va uni qattiq sevib qoladi. Oʼziga oʼzi “shu qizga erishish uchun qalbimni ham sotgan boʼlardim” deydi va shu soʼzlardan soʼng, uning hayoti butunlay oʼzgarib ketadi. U oʼsha oʼzi taqlid qilgan Samirga aylanib qoladi. Lekin, qanday qilib? Buning evaziga u qanday sinovlarga duch keladi? Oʼsha u ekranda koʼrgan goʼzal qiz unga eʼtibor qilarmikan? Аbdurahmon oʼzini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi...

8.1 7.5

Kinopoisk va IMDb asosidagi foydalanuvchilar bahosi

Rejissyorlar va aktyorlar