«Aql va yurak» filmidan kadr
Aql va yurak

Aql va yurak

2013·O'zbekiston·1 soat 24 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

Uz

Film haqida

Аql va yurak tortishib qolishadi. Oʼrtadagi ramkaga ikkovi ham oʼz suratini ilmoqchi boʼlishadi. Аmmo, surat uchun joy faqat bitta edi. Shunda ular bir yigit va bir qizni tanlab, aql yoki yurak ustunligini sinab koʼrmoqchi boʼlishadi. Ular Farhod ismli bank xodimi bilan Malika ismli goʼzallik yaratuvchi qizni tanlab olishadi. Ikkovini uchrashtirib, insonlarda aql yoki yurak ustunligini sinab koʼrmoqchi boʼlishadi. Malika Farhod ishlaydigan bankka kredit soʼrab keladi. Аmmo, Farhod uning biznes rejasi mukammal emasligini aytib, kredit berishdan bosh tortadi. Buni koʼrib, aql oʼzining gʼolib ekanligini aytadi. Аmmo, yurak, oʼzlari tanlagan bu yigit va qizga yana imkon berish kerakligini taʼkidlaydi. Shundan soʼng, Farhodning direktori uni yuzinchi mijozga xizmat koʼrsatdi, deb oʼylab kredit boʼlimiga boshliq etib tayinlaydi. Lekin, u bankning yuzinchi mijozi boʼlgan Malikaga xizmat koʼrsatmay qaytarib yuborgani fosh boʼladi.

Rejissyorlar va aktyorlar