

Ayg'oqchi kampir 007
2017·O'zbekiston·1 soat 17 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun
Uz
Film haqida
Murod aka va Halima opa koʼp yillardan beri baxtli yashab kelayotgan keksa eru xotin. Ularning Samandar ismli oʼgʼli koʼp vaqtdan buyon xorijga safarlarga chiqadi. Ularning Hayitvoy ismli qoʼshnisi boʼlib, doim oʼz xotini Iroda bilan urishib yuradi. Murod aka doim aygʼoqchilikni orzu qiladi. Аygʼoqchilardek kiyinadi. Halima opa esa, erining bu odatiga kulib qoʼya qoladi. Kunlardan bir kuni Halima opa dugonalarini yigʼib mehmon qiladi. Shunda dugonasi Gulsara chet elga ketgan erkaklarni xotinlari haqida nojoʼya gap aytadi va ular eriga sezdirmay “jazman” tutadi, deydi. Bu gap Halima opaga qattiq taʼsir qilib urishib ketadi. “Bekorlarni aytibsan, meni oʼgʼlim ham koʼp chet elda boʼladi. Kelinim yaxshi ayol! Sen bir-ikki tarbiyasizlarni deb, hamma ayollarga loy chaplama” deydi. Gulsara esa, “oʼzini yaxshi koʼrsatib, sezdirmay chapga yuradiganlar ham bor” deydi.


