«Ajiniyaz» filmidan kadr
Ajiniyaz

Ajiniyaz

2024·O'zbekiston·1 soat 30 daqiqa·16+ Faqat 16 yoshdan katta tomoshabinlar uchun

Tarix Uz4K

Film haqida

Filmdagi bosh qahramon Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li 1824-yili Orol dengizining janubiy sohilida, Amudaryoning dengizga quyilishi, hozirgi Mo'ynoq tumani hududida ochamayli va qiyot urug'lari istiqomat qiladigan Qamish bo'g'ot ovulida tug'ilgan. Ajiniyozning otasi Qusiboy, bobosi Boltabek, katta bobosi Oqjigitlar o'z zamonasining peshqadam kishilari bo'lgan. Onasi Nazira bibi ham so'zga usta va chechan ayol edi. Ajiniyoz avval Xo'jamurod eshon madrasasida, onasi vafot etganidan keyin tog'asi Elmurod oxun madrasasida tahsil oladi. Ilmga chanqoq o'spirin talaba madrasada o'qish bilan bir qatorda kutubxonadagi ayrim kitoblarni ko'chirish bilan shug'ullanadi va mashhur kotib sifatida elga taniladi. U o'n olti yoshida Alisher Navoiy devonidan kitob ko'chirgani tarixda ma'lum.

Rejissyorlar va aktyorlar